Xizmatlar

Mikrokontroller va PLC dasturlash

STM32, ESP32, Arduino mikrokontrollerlari va sanoat PLC kontrollerlari uchun ishonchli dasturiy ta'minot (firmware).

  • STM32: HAL, LL, FreeRTOS asosida dasturlar
  • ESP32: Wi-Fi, Bluetooth va IoT qurilmalar
  • Arduino asosida tezkor prototiplar
  • PLC dasturlash: IEC 61131-3 (LAD, FBD, ST)
  • Aloqa protokollari: Modbus, CAN, RS-485, MQTT

Mikrokontrollerlar uchun dasturlarni noldan yozamiz yoki mavjud dasturni takomillashtiramiz: datchiklardan ma'lumot o'qish, motorlar va rele boshqaruvi, displeylar, simsiz aloqa va energiya tejash rejimlari.

Sanoat PLC kontrollerlari uchun texnologik jarayon algoritmlarini ishlab chiqamiz, operator panellari (HMI) va SCADA tizimlari bilan bog'laymiz, obyektda sozlash va sinovlarni o'tkazamiz.