Xizmatlar

Ko'p qatlamli PCB dizayn

Elektr sxemadan tayyor ishlab chiqarish fayllarigacha — ko'p qatlamli bosma platalarni loyihalash.

  • Prinsipial sxemalar va komponentlar tanlash
  • 2–12 qatlamli platalar trassirovkasi
  • Yuqori tezlikli va impedansi nazorat qilinadigan liniyalar
  • Gerber, BOM va montaj fayllari
  • Prototip yig‘ish va sinovdan o‘tkazish

Ko'p qatlamli bosma platalarni elektromagnit moslashuvchanlik, issiqlik rejimi va ishlab chiqarish texnologiyasi talablarini hisobga olgan holda loyihalaymiz.

Tayyor loyiha fayllarini (Gerber, BOM, montaj chizmalari) zavodga topshirishga tayyorlaymiz, prototiplarni yig'ib, sinovdan o'tkazamiz va kerak bo'lsa mikrokontroller dasturini ham yozib beramiz.