Barcha ilovalar
BOT COREL CRC ilovasi ikonkasi

BOT COREL CRC

CorelDRAW (.cdr) fayllarini telefonda ochish va tahrirlash

CorelDRAW X3–2025 versiyalarida yaratilgan .cdr fayllarni kompyuterisiz, to'g'ridan-to'g'ri Android telefonda ochish, tahrirlash va PDF, SVG, PNG yoki JPEG formatida saqlash uchun ilova.

Tez orada Google Play'da Maxfiylik siyosati
Platforma
Android 8.0+
Ishlab chiquvchi
"BOT ELECTRO PROG" MCHJ

Imkoniyatlari

  • CorelDRAW X3 … 2025 fayllarini ochish
  • Telegram va fayl menejeridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ochish
  • PDF, SVG, PNG, JPEG formatida saqlash va ulashish
  • Tahrirlash: shakl, rang, matn, o‘lcham va joylashuv
  • Egri chiziqlar, gradientlar, rasmlar, PowerClip va shaffoflik
  • CMYK, RGB, Lab va spot ranglar
  • Ko‘p sahifali hujjatlar, pinch-zoom
  • Internetsiz ishlaydi; ingliz, rus va o'zbek tillarida

Dizaynerlar, reklama va poligrafiya ustalari mijozdan maketni ko'pincha Telegram orqali .cdr formatida oladi, lekin uni ochish uchun kompyuter va CorelDRAW kerak bo'ladi. BOT COREL CRC bu muammoni hal qiladi: faylni telefonda ochib, maketni ko'rib chiqish, kichik o'zgartirishlar kiritish va natijani PDF yoki rasm sifatida qaytarib yuborish mumkin.

Fayl o'qish moduli noldan, sof Kotlin tilida yozilgan va CorelDRAW'ning X3 dan 2025 gacha bo'lgan formatlarini qo'llab-quvvatlaydi. Tahrirlovchida ob'ektlarni tanlash, siljitish, aylantirish, rang va kontur, matnni o'zgartirish, yangi shakllar qo'shish va 100 qadamgacha bekor qilish imkoniyati bor. Tahrirni keyin davom ettirish uchun loyiha (.cdrp) sifatida saqlash mumkin.

Ilova internetga ulanmaydi: barcha fayllar faqat telefoningizda qayta ishlanadi.

Skrinshotlar

BOT COREL CRC — ekran 1
BOT COREL CRC — ekran 2
BOT COREL CRC — ekran 3
BOT COREL CRC — ekran 4

Loyihangiz bormi?

Vazifani tasvirlab bering — 1 ish kuni ichida bog'lanib, yechim va taxminiy narxni taklif qilamiz.

Loyihani muhokama qilish