Imkoniyatlari
- Prinsipial sxema, vizual montaj va 3D — bitta loyihada
- Komponentlar real o'lchamda (IEC 60715, 17.5 mm modul)
- Simlarni koroblar orqali avtomatik marshrutlash
- Spetsifikatsiya: komponentlar, sim uzunligi, reyka va korob metraji
- Katalog: avtomatlar, UZO, difavtomatlar, kontaktorlar, rele, hisoblagichlar
- Shit o'lchami bo'yicha modul sig'imini hisoblash
- Sim rangi (L1/L2/L3/N/PE) va kesimi (0.5–25 mm²)
- Avtosaqlash, internetsiz ishlaydi; ingliz, rus va o'zbek tillarida
BOT ELECTRO — elektr shitini loyihalash va yig'ishni rejalashtirish uchun ilova. Birinchi ochilganda shit korpusining eni, bo'yi va chuqurligi kiritiladi (yoki 12/24/36/54/72 modulli tayyor o'lchamlardan biri tanlanadi) va ilova darhol modul sig'imini hisoblaydi.
Uchta ish rejimi — prinsipial sxema (IEC uslubidagi shartli belgilar), vizual montaj (real o'lchamdagi DIN reykalar, perforirovanniy koroblar va modulli qurilmalar) va 3D ko'rinish — bitta umumiy loyiha ustida ishlaydi: bir joyda qilingan ulanish boshqalarida ham darhol ko'rinadi. Simlar koroblar ichidan eng qulay yo'l bo'ylab avtomatik o'tkaziladi.
Menyudagi spetsifikatsiya komponentlar sonini, sim uzunligini (15% zaxira bilan), DIN reyka va korob metrajini hisoblab beradi — xarid ro'yxati tayyor. Loyiha avtomatik saqlanadi va faqat telefoningizda turadi. Interfeys ingliz, rus va o'zbek tillarida — til menyudan almashtiriladi.
Skrinshotlar




